Oʻzbekistonda ilk marotaba “Bukhara Night Race” xalqaro tungi musiqiy poygasi bo‘lib o‘tdi!

17-sentabr kuni Oʻzbekistonda ilk marotaba “Bukhara Night Race” xalqaro tungi musiqiy poygasi bo‘lib o‘tdi! Unda dunyoning 17 mamlakatidan 1500 nafar ishtirokchi qatnashdi.

 

U qanday bo‘ldi? • 5 ta turli xil masofalar; • jahon dijeylari ishtirokidagi konsert; • shahar chiroqlari shuʼlasi ostida va koʻhna me’moriy obidalar qurshovida poyga boʻyicha musobaqa.

Yugurish yoʻlagi tevaragidagi me’moriy yodgorliklardan maftun boʻlgan nigohlarni uzib bo‘lmas edi, tun zulmati esa o‘zgacha muhitni baxsh etdi.

 

“Bukhara Night Race”ning  NORDIC WALKING 5 km masofasiga yugurish bo’yicha Toshkent Tibbiyot Akademiyasining Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti bitiruvchisi, hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining morfologiya yo’nalishi 2-bosqich magistranti Xamrayev Farrux faxrli 2-o’rinni oldi.

Ushbu mukofot bilan Xamrayev Farruxni chin dildan tabriklaymiz. Hamisha faoliyatiga zafarlar, ulkan marralar tilab qolamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.