Toshkent Tibbiyot Akademiyasida talabalar bilan mustaqil ta’limni tashkil etish bo’yicha seminar tashkil etild
Toshkent Tibbiyot Akademiyasida Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti talabalarini kredit-modul tizimida o‘qitish, mustaqil ta’lim tizimini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar davomida kredit-modul tizimi joriy o‘quv yilida keng targ‘ib qilish va uni talabalar va o‘qituvchilarga yaqindan tushuntirildi. Bundan tashqari, talabani kasb tanlashga to‘g‘ri yo‘naltirish, bu tizimda oliy ta’lim muassasalari duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni tatbiq etish, muammo va takliflar yuzasidan fikr almashildi.