2022 yil 25 noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi “ Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi” va Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy maʼlumotli hamshira fakultetlari dekan oʻrinbosarlari, tyuterlar, talabalar hamjihatlikda koʻzi ojizlar uyiga ehson yordamini koʻrsatdilar.
“Ehson” deganda odatda birovga biror neʼmatni berish va fazlu karam koʻrsatish tushuniladi. “Ehson” barcha ishlarni chiroyli koʻrinishda qilishdir. Lekin “ehson” soʻzi lugʻatda “yaxshilik qilish, ezgulik koʻrsatish” maʼnolarini ham anglatadi. Haqiqatan, biror kishiga bir narsani ehson qilsangiz yoki unga biror yaxshilik koʻrsatsangiz, bundan dilingiz ravshan tortadi.