Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya – meniki, seniki, bizniki” shiori ostida tashviqot tadbirlari davom etmoqda Toshlent tibbiyot akademiyasida 3-aprel kuni tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tyutorlari hamda talabalari ishtirokida “Konstitutsiya – meniki, seniki va bizniki» shiori ostida tashviqot tadbiri bo’lib o’tdi.
Talaba-yoshlarga Konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirilib, 30-aprel kuni bo’lib o’tadigan referendumga befarq bo’lmaslikka va xalqimiz farovonligi yo’lida ovoz berishga chaqirildi. Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgan. Umuman, loyihada aholi salomatligini asrash bilan bog’liq normalar 4 barobar ko’paytirilmoqda.
Bu aholi sog’lig’ini ishonchli muhofaza etish hamda onalar va bolalar o’limi, yuqumli kasalliklar tahdidini bartaraf etishda juda muhim ahamiyatga egadir.