2023-yil 11-aprel kuni Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti “Musaffo atrof-muhit Yangi Konstitusiya bilan kafolatlanadi” mavzusida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Litvinova O.I., O‘zbekiston Ekologik partiyasi Olmazor tuman partiya tashkiloti raisi Umarxodjaeva Sh.M., Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati To‘lqin Eshbek, O‘zR Jamoat xavfsizligi Universiteti dotsenti Shayusupova L.R. lar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda 30-aprel kuni barchamiz REFERENDUMda qatnashishimiz va har birimizning ovoz berishimiz muhimligiga e’tibor qaratildi.