Toshkent tibbiyot akademiyasida kredit modul tizimi bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 1-2 kurs talabalari uchun «Kredit-modul tizimida tahsil olayotgan talabalarni qoldirilgan va o‘zlashtirilmagan mashg‘ulotlarini qayta topshirish tartibi» mavzusida seminar tashkil etildi.
Talabalar tomonidan akademik qarzdorlik, qarzdorlikni qayta topshirish tartibi, yozgi semestr va kontrakt to‘lovi haqidagi savollariga javoblar berildi.