«Tibbiy-profilaktika ishi» ta’lim yo‘nalishi va «Gigiyena» mutaxassisligi 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zR Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi (SEO va JS) qo‘mitasi rahbariyati, hududiy boshqarmalar va kadrlar bo‘limi xodimlari ham ishtirok etishdi.
TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh.A.Boymuradov bitiruvchilarga amaliyot o‘tash va ishga joylashish bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilib, Yakuniy davlat attestasiyasiga (YaDA) puxta tayyorganlik ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Fakultet dekani F.I.Salomova kontrakt-to‘lovi, fanlar bo‘yicha akademik qarzdorliklarni bartaraf etish, shuningdek YaDA ga tayyorgarlik va hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
TTA Marketing va talabalar amaliyoti boshqarmasi boshlig‘i I.O.Otajonov bitiruvchilarini ishga yo‘llash tartibi bilan tanishtirdi. O‘zR SEO va JS qo‘mitasi boshlig‘i o‘rinbosari B.J.Qurbonov ishga joylashmagan talabalarni SEO va JS qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga ishga taqsimoti bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatdi.