Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani, dekan o‘rinbosari va t’yutorlar  Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida bo’ldi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani, dekan o‘rinbosari va t’yutorlar  Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasida bo’ldi. Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dеkаni F.I.Salomova dekan o‘rinbosari G.F.Sherkuzieva va t’yutorlar bugun, 4-aprel kuni Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kаfеdrаsigа tаshrif buyurishdi.

            

Unda, tibbiy profilaktika ishi yo’nalishining talabalari bilan kredit modul tizimi, akademik qarzdorlik, qarzdorliklarni qayta topshirish hamda yozgi semestr haqida suhbat o’tkazdi. Shuningdek, har bir xodim kafedra ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarini o‘z vaqtida chop etishi va dars jarayonlarini sifatli tashkil etishi kerakligi ta’kidlandi.

             

Bundan tashqari, talabalarga mustaqil ishlarni topshirish jarayoni, darsliklar va elektron kutubxona platformasidan foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.