Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani epidemiologiya kafedrasida bo’ldi Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dеkаni F.I.Salomova bugun, 3-aprel kuni epidemiologiya kаfеdrаsigа tаshrif buyurdi.
Unda, tibbiy profilaktika ishi yo’nalishining talabalari bilan kredit modul tizimi, akademik qarzdorlik, qarzdorliklarni qayta topshirish hamda yozgi semestr haqida suhbat o’tkazdi. Shuningdek, har bir xodim kafedra ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarini o‘z vaqtida chop etishi va dars jarayonlarini sifatli tashkil etishi kerakligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, talabalarga mustaqil ishlarni topshirish jarayoni, darsliklar va elektron kutubxona platformasidan foydalanish haqida ma’lumotlar berildi.