Zahiriddin Muhammad Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgan.
Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti Atrof muhit gigiyenasi kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Salomova Feruza Ibodullaevna boshchiligida O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, Zahiriddin Muhammad Boburning tarixiy «Boburnoma» asari to‘g‘risidaga qiziqarli viktorina savollari va taqdimotlari namoyish qilindi. Tadbirda faol ishtirok etgan pedagog va talabalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.