Muqaddasdir Vatan bayrog’i.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy profilaktika fakulteti talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy hamda badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultet dekani F.I.Salomova ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarga bayroqning buguni va hozirda dunyo arenalarida, BMT bosh qarorgohi binosi oldida hilpirab turgani, sportchilar, olimlar hamda boshqa kasb egalari dunyoda o‘z yurti bayroqlarini hilpiratgan vaqtda inson qalbi g‘ururga to‘lishini aytib o‘tdi.

Tibbiy profilaktika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.A.Razzoqov yig’ilganlarga bayroqning kelib chiqish tarixi, mustaqil vatanimiz bayrog‘ining yaratilish tarixiga oid ma’lumotlarni keltirib o’tdi.

Tibbiy biologiya yo’nalishi 3 kurs talabasi, Oliy Majlis Yoshlar parlamenti deputati Boymirzaev Nodirbek bayroqning har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgani haqida fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.

2-Davolash fakulteti 4 kurs talabasi Axmadjonova Muxayyo o’z chiqishida O‘zbekistonimiz bayrog‘i bilan g‘urur va iftixorga to‘la manzaralar yoshlarni fidoyilikka, vatanparvarlikka, yangi marralarga chorlashini alohida taʼkidladi. O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlashini, сhunki bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzi ekanligini gapirib o’tdi.

Tadbirda Tibbiy profilaktika yo’nalishi 3 kurs talabasi Raxmatillaeva Gulirano dutor cholg’usi bilan, tibbiy biologiya yo’nalishi 1 kurs talabasi Xudoyberdieva Gulxayo va 2 kurs talabasi Narzillaeva Dilsoralar tomonidan chiroyli ashula tinglandi.

Tadbir yakunida tibbiy profilaktika fakulteti tyuteri O.K.Xudoyorova so’zga chiqb yoshlarga vatanni sevish har bir insonning burchi ekanligi, uning timsollarini hurmat qilish va ardoqlash muhim ekanligini aytib o’tdi. Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor va manashu tinch vatanda yashash, uni yuksaltirish har bir insonning burchi ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.