Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani Salomova F.I. va dekan muovini N.I.Yusupovlar Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasiga tashrif buyurishdi.
Kafedra rekonstruksiya qilingan ва jihozlangan yangi bosh oʻquv binoning 6 qavatiga joylashgan. Kafedrasi mudiri professor F.X.Azizova kafedraning yangi 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, bugungi kundagi yutuq va muammolari haqida gapirdi.
Fakultet dekani Salomova F.I. va dekan muovini N.I.Yusupovlar guruxlarga kirib, talabalarrni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklashdi, yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirishdi. Talabalar davomati o‘rganildi va TTA ichki qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek kafedraning o‘quv jarayoniga taalluqli hujjatlari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berishdi.
Har bir xodim Ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, chop etish, ilmiy ishlarni jadallashtirish, dars jarayonlarini sifatli tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.