Yangi 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlikni o‘rganish bo‘yicha kafedralarga tashrif

 

Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani Salomova F.I. va dekan muovini N.I.Yusupovlar Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasiga tashrif  buyurishdi.

Kafedra rekonstruksiya qilingan ва jihozlangan yangi bosh oʻquv binoning 6 qavatiga joylashgan.  Kafedrasi mudiri professor F.X.Azizova kafedraning yangi 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati,  bugungi kundagi yutuq va muammolari haqida  gapirdi.

Fakultet dekani Salomova F.I. va dekan muovini N.I.Yusupovlar guruxlarga kirib, talabalarrni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklashdi, yaratilgan imkoniyatlar bilan  tanishtirishdi. Talabalar davomati o‘rganildi va TTA ichki qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek kafedraning o‘quv jarayoniga taalluqli hujjatlari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berishdi.

Har  bir xodim Ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, chop etish, ilmiy ishlarni jadallashtirish, dars jarayonlarini sifatli tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.