Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani Salomova F.I. va dekan muovini N.I.Yusupovlar mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga tashrif buyurishdi
Kafedrasi mudiri professor Nuruzova Z.A. kafedraning yangi 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati haqida gapirdi. Guruxlarga kirib talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklandi, kredit-modul tizimida o‘qitish va Hemis tizimining o‘ziga xosliklari haqida ma’lumotlar berildi. TTA da o‘quv jarayonini optimallashtirish va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Talabalar davomati o‘rganildi va TTA ichki qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Kafedraning o‘quv jarayoniga taalluqli hujjatlari o‘rganilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar berildi. Har bir xodim dars jarayonlarini sifatli tashkil etish, ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarni o‘z vaqtida chop etish, ilmiy ishlarni jadallashtirish kerakligi ta’kidlandi.