Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dеkаni Salomova F.I. talabalar bilan Referendum va yoshlar mavzusida suhbat o’tkazdi.

2023 yil 1 aprel kuni   Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakul’teti dеkаni Salomova F.I. vа dеkаn muоvinlаri Atrof muhit gigienasi kаfеdrаsigа tаshrif buyurishdi.

      

Dars jarayonlariga qatnashib talabalarning dars jarayonlari haqidagi fikrlari o’rganildi.  Davolash ishi ta`lim yo’nalishining talabalari bilan kredit modul  tizimidagi ta’lim haqida, akademik qarzdorlik, qarzdorliklarni qayta topshirish jarayoni, yozgi semestr haqida suhbat o’tkazildi.

Yil davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi. Har bir xodim kafedra Ilmiy va o‘quv-uslubiy mahsulotlarni o‘z vaqtida tayyorlash, chop etish. Ilmiy ishlarni jadallashtirish, dars jarayonlarini sifatli tashkil etishi kerakligi ta’kidlandi. Fakultet dekani talabalar bilan Referendum va yoshlar mavzusida suhbat o’tkazdi. Talabalarning o’quv darsliklari, mustaqil ishlarni topshirish jarayoni va elektron kutubxona platformasidan foydalanish haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.