Fakultet dekani t.f.d., professor Salomova F.I.

1920 yilda Toshkent shahrida Turkiston Davlat universiteti tashkil etilgan bo’lib universitet tarkibida tibbiyot fakulteti ham bo’lgan. 1931 yilga kelib fakultet O’rta Osiyo tibbiyot instituti nomi bilan universtitet tarkibidan ajralib chiqadi va 1935 yilda Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlanadi.

Institut tarkibida quyidagi to’rt fakultet bo’lgan:

 – davolash-profilaktika;

 – onalik va bolalikni himoya qilish;

 – sanitariya-profilaktika;

 – stomatologiya fakultetlari.

1933 yildan sanitariya-profilaktika fakulteti sanitariya-gigiyena fakulteti deb qayta nomlangan. 1992 yildan hozirgi vaqtgacha tibbiy profilaktika  va jamoat salomatligi fakulteti deb yuritiladi.

Fakultet vrach gigiyenist-epidemiolog mutaxassislarni tayyorlaydi.

Fakultet talabalari quyidagi to‘rt blok tarkibidagi 50 dan ortiq fanlar bo‘yicha tahsil olishadi:

– gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar;

 – matematik va tabiiy – ilmiy fanlar;

 – umumkasbiy fanlar ixtisoslik fanlari hamda qo‘shimcha fanlar.

Fakultet bakalavriatida o‘qish davomiyligi besh yil. Talabalar tor doiradagi mutaxassislikka ega bo‘lish uchun ikki yil davomida magistratura yo‘nalishlarida o‘qishadi.